Bugun voleybol sport turi boʻyicha 2025 yil sarhisobi hamda ushbu yoʻnalishni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport fidoyilarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Nazarmuhammedov Davron Abitovich, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ashrapov Ramazon Axmatxo‘jayevich, Sport vaziri o'rinbosari Mahmudov Shaxrillo Sharipovich, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Qosimov Oybek Omilovich kabi bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbirni ochib berish uchun soʻz Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Nazarmuhammedov Davron Abitovichga berildi.
🏅 Taqdirlash marosimi
2025 yil davomida respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishda faol ishtirok etgan qator vazirlik va idoralar vakillari maxsus statuеtkа va planshetlar bilan taqdirlandilar. Jumladan:
Saydullayev Mirjalol Rustam oʻgʻli
Hamrayev Bobir Yangiboyevich
Gʻulomnazarov Sanatilla Alinazar oʻgʻli
Xushvaqtov Sherzod Mahmudovich
Qodirov Erkinboy Ibragimovich
Ubaydullayev Begzod Ubaydullayevich
Shuningdek, 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalardan tashkil topgan IIV Akademiyasining “Akademiya” voleybol sport klubi “Gʻalabaga boʻlgan ishonch” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
🏆 “Yilning eng yaxshilari” nominatsiyalari
Hakamlar:
▪️ “Yilning eng yaxshi erkak hakami” – Jamoliddin Tashpoʻlatov (Namangan viloyati)
▪️ “Yilning eng yaxshi ayol hakami” – Shahlo Salimova (Surxondaryo viloyati)
▪️ “Yilning eng yaxshi ayol statistik-hakami” – Gulzar Abatova (Toshkent shahar)
▪️ “Yilning eng yaxshi faxriy sportchisi” – Rayimqulov Karim
Trenerlar:
▪️ “Yilning eng yaxshi erkaklar treneri” – Maqsud Mahmudov (Buxoro viloyati)
▪️ “Yilning eng yaxshi ayollar treneri” – Ilyos Turdiyev (Namangan viloyati)
▪️ “Eng yaxshi yosh toifadagi milliy terma jamoa treneri” – Rustam Allaberdiev
Sportchilar:
▪️ “Eng yaxshi intizomli sportchi” (ayollar) – Zeboxon Abdusamatova (Andijon viloyati)
▪️ “Eng yaxshi intizomli sportchi” (erkaklar) – Umrbek Rahimov (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
▪️ “Eng yaxshi yosh voleybolchi” (qizlar) – Kristina Hasanova (Fargʻona viloyati)
▪️ “Eng yaxshi yosh voleybolchi” (oʻgʻil bolalar) – Ivan Pivashenko (Toshkent shahri)
▪️ “Kattalar oʻrtasida eng yaxshi voleybolchi” (ayollar) – Malikabonu Tursunpoʻlatova (Namangan viloyati)
▪️ “Kattalar oʻrtasida eng yaxshi voleybolchi” (erkaklar) – Saidjamol Mirobidinov (BuxDU voleybol klubi)
“Yilning eng yaxshi voleybol federatsiyasi”
🥉 3-oʻrin – Toshkent shahar voleybol federatsiyasi
🥈 2-oʻrin – Namangan viloyati voleybol federatsiyasi
🥇 1-oʻrin – Buxoro viloyati voleybol federatsiyasi
🔚 Voleybol sport turi boʻyicha 2025 yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbir oʻz yakuniga yetdi.
Kelib kelayotgan 2026 yilda ham Oʻzbekiston voleybol federatsiyasiga yangi gʻalabalar, yuksak natijalar va ulkan zafarlar tilaymiz!

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali