
16.06.2026
Italiya hozirgi kunda ayollar voleybolida eng dominant jamoalardan biri hisoblanadi. Ular so‘nggi yillarda deyarli barcha yirik turnirlarda chempionlik uchun asosiy favorit bo‘lib kelmoqda.

15.06.2026
Zehra Güneş — zamonaviy ayollar voleybolining eng yorqin yulduzlaridan biri. U 1999-yil 7-iyulda Turkiyada tug‘ilgan va middle blocker (markaziy to‘siqchi) pozitsiyasida o‘ynaydi.

15.06.2026
Volleyball Nations League 2026 rasman start oldi va hozir turnir eng yuqori tempda davom etmoqda. Erkaklar musobaqasi 10-iyundan, ayollar turniri esa 3-iyundan boshlangan.

15.06.2026
Janubiy Koreya terma jamoasi Candon City 2026 turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi

11.06.2026
Joriy yilning 10–11 iyun kunlari O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamda sohil voleyboli yo‘nalishi raisi o‘rinbosari Kodirali Mamataliyev, Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis Orifxon Amirxonov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyada joylashgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) bosh qarorgohida rasmiy uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etdi.

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi sportchilarni tarbiyalash, yirik musobaqalarda ishtirok etish va voleybolni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Federatsiya xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi kuchli jamoalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Voleybol bo‘yicha trenerlar, hakamlar va yosh iqtidorli sportchilar bilan tizimli ish olib boriladi.
Federatsiya oliy ta'lim muassasalari, umum ta'lim maktablari, idora tashkilotlari, vazirlik hamda sport maktablari, to‘garaklar va musobaqalar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi.
Batafsil ma'lumot

15+
Xalqaro yutuqlarYakunlandi
CAVA GIRLS' U17 CHEMPIONSHIP 2026
ayol
ANDIJON
1 Aprel - 8 Aprel
Yakunlandi
CAVA WOMAN'S UNIVERSIADE 2026
ayol
SAMARQAND
9 Aprel - 16 Aprel
Yakunlandi
CAVA MEN'S UNIVERSIADE 2026
erkak
SAMARQAND
9 Aprel - 16 Aprel
Voleybol 1895-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari, Pastor Uilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutgan.
1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori, doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «parvoz qiluvchi to‘p» degan ma’noni bildiradi. 1895–1920-yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 1920-yildan boshlab maydon o‘lchamlari 9x18m qilib belgilandi.

1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori, doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «parvoz qiluvchi to‘p» degan ma’noni bildiradi. 1895–1920-yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 1920-yildan boshlab maydon o‘lchamlari 9x18m qilib belgilandi.

5+
Xalqaro klublar orasidagi chempionatlari410+
Milliy terma jamoa208+
Bo'lim va bo'linmalar10+
O'zbekiston chempionati va kubok natijalari1 500 000+
Besh tashabbus olimpiyadasi qatnashuvchilari soniMaydon chegaralari 7,6x15,2 m
To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm
To‘pning vazni 252–336 gr, aylanasi 63,5–68,0 sm
O‘yinchilarning soni chegaralanmagan
Voleybol 1920–1921-yillarda O‘rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala boshladi. 1922-yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
23.09.2025




















