Bugun JAR sport-sog‘lomlashtirish markazida O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi tarixidagi ilk matbuot anjumani tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2024-yil iyul oyida imzolagan “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash tizimini yaxshilash, uning zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, milliy terma jamoalarimizning xalqaro musobaqalarda natijadorlikka erishishini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Mazkur musobaqalar Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) shafeligida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Tadbir davomida quyidagi uch asosiy masala muhokama qilindi:
1. "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasi – 2025-yil 6-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan, Probatsiya nazorati ostidagi yoshlar o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgan turnirning final bahslari haqida ma’lumot berildi.
2. "Millatlar ligasi" musobaqasi – 29-maydan 4-iyungacha Farg‘ona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro turnirga tayyorgarlik jarayonlari ko‘rib chiqildi.
3. CAVA U-16 va U-19 yoshlari o‘rtasidagi musobaqalar -10-16-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan turnirlar yuzasidan rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, federatsiyaning 2024–2025-yillar mobaynida erishgan yutuqlari, o‘tkazilgan musobaqalar va sportchilar faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. OAV vakillarining savollariga federatsiya mutasaddilari atroflicha javob qaytardilar.
Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqalar Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) shafeligida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Tadbirda Federatsiya rais o‘rinbosari Jamshid Fayziyev so‘zga chiqib, yangi ishga tushirilgan JSPORTTV onlayn platformasi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, endilikda voleybol uchrashuvlarini dunyoning turli davlatlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkoniyati yaratilmoqda. Platformadagi ilk translyatsiyalar Farg‘onada o‘tkaziladigan “Millatlar ligasi” doirasida amalga oshiriladi.
O'zbekiston voleybol federatsiyasi Axborot xizmati

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali