FIVB delegatlari Mushtaque Mohammed va Yordan Zhechev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlarni kutib olish marosimlari, musobaqaga oid texnik va tashkiliy jihatlar atroflicha muhokama qilindi. Delegatlar musobaqa o‘tkaziladigan zallarga tashrif buyurib, yakuniy tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.
Yig‘ilish davomida FIVB vakillari tashkilotchilik darajasidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi va quyidagi fikrlarni bildirishdi:
"Federatsiya biz bildirgan ishonchni to‘liq oqladi. Qisqa vaqt ichida bunday yirik turnirga tayyor bo‘lishingizni kutmagandik. Biroq siz bu vazifani nafaqat uddaladingiz, balki biz kutgan natijadan ham yuqori darajada tashkillashtiribsiz. Bu bizni quvontiradi. Endi Chempionat yuqori saviyada o‘tishiga hech qanday shubha qolmadi".
Shuningdek, delegatsiya a’zolari o‘z tashriflarining asosiy maqsadi nazorat emas, balki do‘stona yordam ko‘rsatish ekanini ta’kidlashdi:
"Biz bu yerga sizlarni tekshirish uchun emas, balki yordam berish uchun keldik. Biz — besh qit'adan kelgan mutaxassislar jamoasimiz. Har qanday vaziyatda bemalol murojaat qilishingiz mumkin. Bu musobaqani birgalikda eng yuqori saviyada o‘tkazamiz" — degan iliq va do‘stona so‘zlar bilan yakunlashdi FIVB vakillari.
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali