Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC)ning yangi shtab-kvartirasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Osiyo voleybolining rivoji va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi ham ushbu marosimda o‘z vakillari bilan ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida federatsiya raisi o‘rinbosari Fayziyev Jamshid, xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis Amirxonov Orifxon hamda “Ahmad Club” asoschisi Yunusov Ahmadali qatnashdi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi AVC raisi va FIVB prezidenti bilan uchrashib, esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Bu tashabbus nafaqat sportdagi hamkorlikni, balki o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi shtab-kvartiraning ochilishi Osiyo voleyboli uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va sportni keng ommalashtirish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati
27.09.2025
Bugun yurtimiz voleybolchilari delegatsiyasi III Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga yo‘l olishdi. Ularga katta musobaqa oldidan ko'tarinki kayfiyat va omad tilaymiz
22.09.2025
18–25 yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan sohil voleyboli boʻyicha erkaklar va ayollar Respublika turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan jamoalar kuchli bahs olib borib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
19.09.2025
18–25 yoshlar o‘rtasida erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Respublika sohil voleyboli turnirida ilk uchrashuvlar qiziqarli va keskin bahslarga boy bo‘ldi.
16.09.2025
Maxmudov Maqsud Kamolovich hamda Narzullayev Farux Ashrapovich oʻzlarining ilmiy-pedagogik faoliyati va yuqori malakasini eʼtirof etgan holda PROFESSOR ilmiy unvoniga sazovor boʻldilar.
15.09.2025
Voleybol ixlosmandlari uchun quvonchli xabar!
13.09.2025
Nepaldagi siyosiy vaziyat tufayli - National's Cup - musobaqasi qayerda oʻtkazilishi masalasi muammoli boʻlib qolgan edi. CAVA prezidenti Muhammad Lateef taklifiga koʻra, mazkur musobaqani Oʻzbekistonda oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi va yigʻilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
12.09.2025
Oʻzbekistonda voleybolni rivojlantirish boʻyicha yangi qaror loyihasi taqdim etildi
12.09.2025
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi birinchi oʻrinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich milliy terma jamoa a’zolari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
10.09.2025
John Speraw — AQSh erkaklar terma jamoasining bosh murabbiyi
09.09.2025
Bahrayn-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
08.09.2025
III Turkiy davlatlar Universiadasida O‘zbekiston ayollar jamoasi chempion bo‘ldi!