QIZLARIMIZ FINALDA!
O‘zbekiston U16 qizlar terma jamoasi navbatdagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, musobaqa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Yosh voleybolchilarimiz g‘alabali o‘yin namoyish etib, jamoaviy ruh, matonat va a’lo darajadagi texnik tayyorgarlikni yana bir bor isbotladi.
Ertaga — final kuni!
U16 qizlarimiz hal qiluvchi bahsda Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Bu bellashuv, albatta, hayajonli va murosasiz kechishi kutilmoqda.
Final uchrashuvi — bu nafaqat oltin medal uchun kurash, balki yosh voleybolchilarimiz uchun katta tajriba va xalqaro sahnada o‘zini ko‘rsatish imkoniyatidir. Ertaga 16:00 da final oʻyiniga guvoh boʻlamiz.
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati
22.08.2025
Dunyo bo'ylab eng yaxshi voleybolchilar
20.08.2025
Chirchiqda U-14 Oʻzbekiston kubogi boshlandi!
19.08.2025
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda amalga oshirilayotgan yirik bunyodkorlik loyihalaridan biri – Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda barpo etilgan zamonaviy sport inshootlari bilan tanishdi.
15.08.2025
Ozarbayjonlik voleybolchi qizlar Toshkent bo‘ylab sayohat qildi