2025 yil 9–16 iyun kunlari Toshkent shahridagi Jar sport sog‘lomlashtirish markazi yana bir bor yirik xalqaro sport tadbiriga mezbonlik qildi. Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan tashkil etilgan U-16 va U-19 yosh toifalaridagi voleybol musobaqalari bugun o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur musobaqa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda sportga, ayniqsa yoshlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasi sifatida o‘tkazildi. Musobaqa yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni xalqaro maydonga olib chiqish yo‘lida muhim omil bo‘ldi.
Musobaqada 5 ta davlat – Eron, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari qatnashdi. Har ikki toifada jami 130 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi bu yil har ikki yosh toifasida ikki tadan jamoa bilan (U-16 va U-19) ishtirok etdi. Bu esa mamlakatimizdagi sport infratuzilmasi va murabbiylik maktabining yuqori darajada ekanidan dalolat beradi. Musobaqalar olimpiya, ya’ni aylanma uchrashuvlari tarzida tashkil etilib, barcha o‘yinlar Jar sport markazining xalqaro talablar darajasidagi maydonlarida bo‘lib o‘tdi.
U-16
🥇 1-o’rin Eron terma jamoasi
🥈 2-o’rin Qozog’iston terma jamoasi
🥉 3-o’rin O’zbekiston terma jamoasi
U-19
🥇 1-o’rin Eron terma jamoasi
🥈 2-o’rin O’zbekiston terma jamoasi
🥉 3-o’rin Hindiston terma jamoasi
Shuningdek bir guruh sportchilar turli nominatsiyalarda ham taqdirlanishdi.
Yopilish marosimida CAVA rasmiylari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi, xorijiy mehmonlar, sport tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda sportchilar ishtirok etdilar. Tantanali nutqlarda musobaqaning yoshlar o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. CAVA U-16 va U-19 musobaqalari nafaqat sportiy raqobat, balki do‘stlik, madaniy almashinuv va mintaqaviy birdamlik ruhi bilan o‘tdi. Musobaqa yurtimizda sportni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim bosqich bo‘ldi.“Yangi O‘zbekiston – sportchilar yurti” tamoyili ostida sport sohasidagi ilg‘or tajribalar amalda o‘z ifodasini topmoqda.
O'zbekiston voleybol federatsiyasi Axborot xizmati

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali