Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida talaba-yoshlar uchun voleybol bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda institut o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazildi. Yaqinda imzolangan ushbu memorandum talaba-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turini oliy ta’lim muassasalarida keng ommalashtirishga qaratilgan. Ushbu kelishuv doirasida har hafta “Yoshlar kuni”da sport musobaqalari va mahorat darslarini tashkil etish belgilangan.
💠 Bugungi tadbirda O‘zbekiston ayollar voleybol terma jamoasi bosh murabbiyi Isaenok Olga Viktorovna talabalarga voleybol bo‘yicha o‘zining professional tajribasi va amaliy tavsiyalarini ulashdi. Mahorat darsi davomida yoshlar voleybol sport turining texnik jihatlari, zamonaviy o‘yin uslublari hamda professional sportdagi tayyorgarlik jarayonlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, O‘zbekiston voleybol federatsiyasining marketing va moddiy-texnik ta’minot yo‘nalishi mutaxassisi Ravshan Kadirovich Rajabov federatsiya nomidan ishtirok etdi. U talabalarga voleybol sport turini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, yoshlarni sport bilan faol shug‘ullanishga chaqirdi.
Mahorat darsi yakunida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan institutga sport formasi hamda voleybol to‘plari topshirildi. Talabalar esa mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
➡️ Mazkur tadbir talaba-yoshlar orasida voleybol sport turiga qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.

13.03.2026
Buxoro viloyatining ayrim hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida voleybol bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

13.03.2026
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Zarafshon shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.

13.03.2026
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan MMTB tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Tuman IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan voleybol musobaqasi tashkil etildi.

13.03.2026
Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi.

13.03.2026
Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan musobaqalar tashkil etildi. Denov tumanida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba yoshlar hamda ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni Denov tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.A. Narmuratov ochib berdi.

12.03.2026
Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

11.03.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqa bir necha kun davomida yuqori saviyada tashkil etilib, yosh voleybolchilarning mahorati va jamoaviy o‘yinini namoyon etish uchun muhim sport maydoniga aylandi.

11.03.2026
Joriy yilning 5–11-mart kunlari Navoiy viloyatida, “So‘g‘diyona” Jismoniy tarbiya va sport kompleksida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jami 14 ta jamoa chempionlik uchun bahs olib bordi. Bir necha kun davom etgan uchrashuvlar davomida yosh voleybolchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini namoyon etdilar.

11.03.2026
Xovos tumani 1-son Sport sport maktabida Sirdaryo viloyatining U-15 qiz bolalar o'rtasida chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqa yuqori saviya, kuchli raqobat va chinakam sport bayrami ruhida bo‘lib o‘tdi va har bir uchrashuv tomoshabinlarga katta hayajon ulashdi.

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla