footer_logo
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Sport
      • Trener
      • Terma jamoa
      • Voleybol
      • Sohil voleybol
    • Media

    +998 95 745 02 00

    info@vollebol.uz

    media-dprt@vollebol.uz

    sport-dprt@vollebol.uz

    int-dprt@vollebol.uz

    Markaziy jar sport kompleksi, Toshkent shaxar, Beruniy ko'chasi 3a uy

    telegramyoutubeinstagramfacebook
    logo
    • Bosh sahifa
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Reyting
    • Media

    Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, 1-tur) tantanali ravishda ochildi

    24.01.2026
    carousel-image-0
    carousel-image-1
    carousel-image-2
    carousel-image-3
    carousel-image-4
    carousel-image-5

    Bugun Toshkent shahrida erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati — Oliy liga (1-tur) musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning ilk yirik sport musobaqalaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan ushbu turnir yuksak saviyada, bayramona ruhda tashkil etildi.

    Ochilish marosimida Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) Prezidenti Ramon Suzara, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri — O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi general-leytenant Aziz Anvarovich Toshpo‘latov, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Ikromov Adham Ilhomovich, vazirlik va idoralar rahbarlari, sport sohasi mutasaddilari, federatsiya rahbariyati, murabbiylar, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida rasmiy mehmonlar so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi, O‘zbekistonda voleybol sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusida xalqaro hamkorlikning yanada kengayishi haqida gapirishdi. Bundan tashqari bu kabi musobaqalarning yosh sportchilarni professional darajada kamol toptirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

    🔺 Shuningdek, musobaqada ilk bor zamonaviy “Challenge” (video qayta ko‘rib chiqish) tizimi joriy etilgani alohida ta'kidlab o'tildi. Mazkur tizim bahslar davomida hakamlik qarorlarining yanada haqqoniy va shaffof bo‘lishini ta’minlab, chempionatning xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazilishiga xizmat qiladi.

    💠 Bayramona kayfiyatda tashkil etilgan tantanali marosim san’atkorlar chiqishlari va sportchilar paradiga ulanib, tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Oliy liga bahslari 22–29-yanvar kunlari Olimpiya shaharchasi jamoaviy sport turlari zali hamda “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida davom etadi.

    Mazkur chempionat mamlakatimiz voleybolining rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, sportchilar o‘rtasida raqobatni kuchaytirish, yangi iste’dodlarni kashf etish hamda O‘zbekiston voleybolining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar

    image
    calendar

    08.02.2026

    Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, 2-tur) boshlandi

    O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

    Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

    Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

    Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    "Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

    Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

    Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    06.02.2026

    “Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

    “Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    06.02.2026

    VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

    VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    03.02.2026

    U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

    U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    26.01.2026

    Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, 1-tur)

    26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali

    Batafsil ma’lumotright arrow