Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi ish rejasiga muvofiq, Navoiy viloyatida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev ishtirokida voleybol sport turini rivojlantirishga qaratilgan qator seminarlar va ishchi yig‘ilishlar tashkil etildi. Tadbirlar doirasida Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida voleybol sporti uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganib chiqildi. Markaz infratuzilmasi, mashg‘ulot zallari hamda sportchilarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, voleybolchilar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, markazda faoliyat yuritayotgan zamonaviy fizioterapiya xonalari, u yerdagi jihozlar va mutaxassislar faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.
🔺 Seminarlar davomida FIVB instruktori Moro Branislav va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Nosirov Zokir Zokirovichlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va nazariy seminarlar o‘tkazilib, murabbiylar hamda mas’ul mutaxassislarga voleybolni rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, yil davomida voleybol sporti bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan tumanlar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan joylarda voleybol infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida koptoklar, setkalar hamda koptok tashish uchun maxsus aravachalar tarqatildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar idoralari tomonidan tumanlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazilib, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda voleybol sportini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilish davomida 2026-yilda Markaziy Osiyo U-16 chempionatini Navoiy viloyatida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinib, musobaqani iyun–iyul oylarida tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Yakunda esa 2026-yilning birinchi choragida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olinib, mazkur yo‘nalishda yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali