Voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasida U19 yosh toifasida o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov rahbarligida tegishli vazirlik va idoralar hamda federatsiyasining mas’ul xodimlari ishtirokida yigitlar oʻrtasida U19 yosh toifasida o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma'lumki, joriy yilning 24-iyul – 3-avgust kunlari poytaxtimiz voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasida U19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mamlakatimizda ushbu sport turida ilk bor tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi gʻoliblik uchun bellashadi.
Adkham Ikramov yig‘ilishda shunday dedi:
“Voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasida U19 yosh toifasida o'tkaziladigan jahon chempionatini yurtimizda eng yuqori darajada tashkil etish — nafaqat sport, balki mamlakatimiz obro‘si uchun ham muhim voqea. Bu borada barcha mas’ul idoralar o‘z ishini puxta va hamkorlikda olib borishi zarur.”
Yig'ilishda U19 yosh toifasidagi jahon chempionatini yuqori darajada o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar xususan, bu borada tegishli vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati muhokama qilindi.
Mas'ullarga xalqaro musobaqa ishtirokchilari joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylar va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlanishi, yong‘in va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilarga kirish vizalarini tezkorlik bilan rasmiylashtirilish masalalari bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali