Bugun, O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Farg‘ona shahrida 29-may sanasidan 4-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Millatlar Ligasi hamda 8-16- iyun kunlari poytaxtimizda o’tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo bo‘yicha U16 va U19 yosh toifalaridagi CAVA musobaqalariga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida axborotlar tinglandi. Federatsiya raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev tomonidan xodimlarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligi bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Yig‘ilishda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Musobaqalar haqida:
• CAVA U16 va U19 musobaqalari: Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan tashkil etiladigan U16 va U19 musobaqalari 2025-yilning iyun oyida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
• Millatlar Ligasi: Dastlab Pokistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan CAVA erkaklar Millatlar Ligasi musobaqasi, mintaqadagi siyosiy vaziyat sababli, O‘zbekistonga ko‘chirildi. Ushbu yig‘ilish O‘zbekistonda voleybol sportini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni muvaffaqiyatli o‘tkazishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali