Bugun Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich ishtirokida O'zbekiston voleybol federatsiyasi xodimlari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi. Majlisda xodimlarga Jahon Chempionatining yuqori saviyada o'tganligini uchun tashakkur bildirdi. Nutq davomida vazir o'rinbosari shunday dedi:
Ta’kidlash joizki, chempionatni kuzatgan FIVB rasmiy delegatsiyasi O‘zbekistonning tashkilotchilik salohiyatini chuqur e’tirof etib, yurtimizni kelgusida ham ana shunday nufuzli xalqaro musobaqalarga to‘liq tayyor deb baholadi.
Ushbu yutuqlar ortida har bir xizmat ko‘rsatgan yurtdoshimizning halol mehnati, vatanparvarligi va yuksak mas’uliyati mujassam. Shuning uchun jurnalistlar, volontyorlar, huquq-tartibot xodimlari, texnik va tibbiy xizmat vakillari, tarjimonlar, haydovchilar, shtab xodimlari va boshqa barcha fidoyi hamkasblarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan, shaxsan o‘zimning nomimdan chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Sizlarning har biringiz bu tarixiy musobaqaning muhim qahramoniga aylandingiz.
Yurtimiz tinchligi, sport taraqqiyoti va xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlaringiz abadiy e’tiborda bo‘ladi.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, farovonlik va kelgusi faoliyatingizda yanada yuksak marralarni tilayman.
Bundan tashqari voleybol sport turini yanada ommalashtirish, terma jamoalar tarkibini yanada yaxshilash vazifalari ham berildi. Vazir o'rinbosari tomonidan xalqaro murabbiy va legioner o'yinchilarni jalb qilish, ular orqali terma jamoa sportchilarini ham malakasini oshirish masalalari ham ta'kidlab o'tildi.
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali