Bugun Qozog‘iston voleybol federatsiyasi rais o‘rinbosari Arman Kabesov O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida unga O‘zbekiston voleybol federatsiyasi rais o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamrohlik qildi. Birinchi bo'lib Sport vazirligining Sport vaziri maslahatchisi Momindjanov Sharifjon Fuzailovich ham uchrashib, sport aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalar va tajriba almashish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, mehmon vazirlikning Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi Rahmatxo‘jayev Muzaffarxo‘ja Yunusxonovich uchrashib, ikki davlat o‘rtasida voleybolni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat sport akademiyasining rahbari Tursunaliyev Ilhomjon Axmedovich bilan ham majlis o'tkazilinib, davlatlarda sportni yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.
💠 Delegatsiya tashrifining yana bir qismi sifatida Olimpiya shaharchasiga borilib, voleybol sport turi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, sport zallari va infratuzilma bilan yaqindan tanishildi. Shundan so'ng delegatsiya “Beshqozon” osh markazida milliy taomlardan bahramand bo‘ldilar. Keyinchalik Kabesov “Ichki ishlar organlari tarixi” muzeyida bo‘lib, muzey faoliyati va ekspozitsiyasi bilan tanishdi.
🏐 Uchrashuv yakunida ikki mamlakat federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum voleybolni rivojlantirish, o‘quv-mashg‘ulot dasturlarini takomillashtirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Tashrif do‘stona muhitda yakunlanib, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi mehmonga esdalik sovg‘alari, jumladan milliy chopon va do‘ppi taqdim etildi.

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali