footer_logo
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Sport
      • Trener
      • Terma jamoa
      • Voleybol
      • Sohil voleybol
    • Media

    +998 95 745 02 00

    info@vollebol.uz

    media-dprt@vollebol.uz

    sport-dprt@vollebol.uz

    int-dprt@vollebol.uz

    Markaziy jar sport kompleksi, Toshkent shaxar, Beruniy ko'chasi 3a uy

    telegramyoutubeinstagramfacebook
    logo
    • Bosh sahifa
    • Biz haqimizda
    • Yangiliklar
    • Rahbariyat
    • Reyting
    • Media

    Markaziy Osiyo Voleybol Assosiatsiyasining (CAVA) yig‘ilishida O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasining muvaffaqiyatlari

    25.04.2025
    carousel-image-0

    O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari J.Fayziyev hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassis B.Arginbayev 

     I. Mazkur yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi:

    Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi (CAVA) tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlari natijalari to‘g‘risida federatsiyalar vakillari tomonidan axborot berildi;

    yig‘ilishda 14 ta davlat federatsiya va assosiatsiyalari a’zolari, ularning kengashlari va komissiyalari hisobotlari tinglandi;

    assosiatsiya boshqaruv kengashi a’zoligiga nomzodlar muhokama etildi;

    O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi 2024 yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida medallar jamg‘arish bo‘yicha 2-o‘rinni, musobaqalarni tashkillashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, eng tez rivojlanayotgan federatsiya deb e’tirof etildi hamda maxsus statuetkalari topshirildi;

    carousel-image-0
    carousel-image-1

    Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi ijrochi direktori lavozimiga Fayziyev Jamshid Shukrulloyevich nomzodi Markaziy Osiyo voleybol assosiatsiyasi (CAVA) Prezidenti tomonidan taklif etilib, boshqaruv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi;

    Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari J.Fayziyev voleybol sport turini rivojlanishiga va musobaqalarni eng yuqori saviyada tashkillashtirganligi uchun maxsus medal bilan taqdirlandi;

    II. Yig‘ilish davomida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan bir qator amaliy takliflar ilgari surildi:

    2025 yil 4-11 iyun kunlari CAVA davlatlari U-19 va U-16 o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqalarni bir vaqtda o‘tkazish (CAVA Men’s U16 U19 Championships), jahon chempionatini o‘tkazishda katta tajriba bo‘lishini ta’minlaydi;

    Shuningdek, ushbu musobaqalar jarayonida Markaziy Osiyo Voleybol assosiatsiyasi (CAVA) prezidenti Muhammad Latif va Osiyo Voleybol konfederatsiyasi (AVC) prezidenti Roman Suzara qatnashib, yurtimizda voleybolni rivojlantirish borasidagi ishlar taqdimoti bilan tanishadi, hududiy voleybol federatsiya ijrochi direktorlari bilan seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi hamda U-19 jahon chempionati zallari va yotoqxonalari bilan tanishtiriladi.

    carousel-image-0

    2025 yil 28-31 may kunlari CAVA bilan hamkorlikda Toshkent shahrida hakamlik seminari o‘tkazish va unda mahalliy hakamlarga xalqaro sertifikatlar berish;

    2025 yil noyabr oyida CAVA davlatlarining Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar universiadasini Buxoro viloyatida (Zonal Universiade Championship);

    2025 yil noyabr oyida CAVA davlatlari Polisiya va Armiya harbiylar jamoalari chempionatini Namangan viloyatida (Zonal Polis-Army Championship) o‘tkazish takliflari kiritildi.

    O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan kiritilgan barcha takliflar CAVA boshqaruv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

    III. Erishilgan kelishuvlar va o‘zaro hamkorlik masalalari:

    Voleybol sport turlari bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish maqsadida Yevropa, Osiyo, Janubiy Amerika davlatlari voleybol konfederatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro tajriba almashildi;

    Xalqaro Voleybol federatsiyasining yangi saylangan prezidenti Fabio Avezoda, Bosh kotibi Xug Mxutchion, FIVB departament boshliqlari Alis Kesler, Yelizaveta Brax, Xitesh Malxutra, Yu Chao, Osiyo voleybol konfederatsiyasi prezidenti Ramon Suzaralar bilan suhbatlar o‘tkazilib, O‘zbekistonda voleybolni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashildi.

    IV. Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, voleybol sport turini O‘zbekistonda yanada rivojlantirish maqsadida taklif etiladi:

    voleybol bo‘yicha respublika va jahon musobaqalarini hamda yoshlar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarni barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;

    har bir mahalla, tuman (shahar) va viloyatlardagi maktablar stadionlarida sohil voleyboli maydonchalarini tashkil etish;

    barcha maktablar sport zallarini voleybol sport turi inventarlari bilan ta’minlab, voleybol to‘garaklarini tashkil etish;

    voleybol sport turi bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar platformasini yaratib, ro‘yxatdan o‘tkazish va doimiy onlayn nazorat qilib borish;

    hakamlar va trenerlar bilan har oyda tuman (shahar) kesimida, har ikki oyda viloyat kesimida, har chorakda Respublika miqyosida, har olti oyda Markaziy Osiyo bo‘yicha hamda har yili Osiyo miqyosida seminarlar o‘tkazib, ijobiy natijaga erishganlarni rag‘batlantirib borish;

    Respublika bo‘ylab seleksiya ishlarini tashkil etib, bo‘ydor o‘g‘il va qizlarni voleybol to‘garaklariga jalb etish va targ‘ibot qilish;

    milliy terma jamoalarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini oshirish borasida muntazam shug‘ullanib borish, yuklamalarni ko‘tara olish qobiliyatlariga alohida etibor qaratish;

    voleybolga keng ommani qiziqtirish maqsadida musobaqalar oldidan ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etish, voleybol sport kiyimi va to‘plarini tarqatish;

    Besh tashabbus Olimpiadasi musobaqalari qamrovini amaldagi 16-21, 22-30 yoshdan 12-16, 17-21 yoshga o‘zgartirish va ular orasidan iqtidorlilarni seleksiya qilish;

    Ushbu loyiha bilan AVC prezidenti Ramon Suzara tanishtiriladi va O‘zbekiston Voleybol federatsiyasiga grand ajratilishi muhokoma qilinadi.

    O‘zbekistonda xalqaro musobaqalarni viloyatlarda ko‘proq o‘tkazish va yoshlarni ushbu sport turiga ommaviy qiziqtirish;

    o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini voleybol musobaqalari o‘tkaziladigan zallarga o‘lchami mos keladigan zallarda o‘tkazish;

    sohil voleyboli bo‘yicha 1 nafar trener boshchiligida 4 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il bolalarni Qatar davlatiga o‘quv yig‘iniga yuborish;

    jahon chempionati davridan tomoshabinlarni jalb qilish;

    jahon chempionatidan oldin xalqaro mutaxassislar ishtirokida mahalliy trenerlar va hakamlar bilan seminarlar tashkil etish.

    Boshqa yangiliklar

    image
    calendar

    08.02.2026

    Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, 2-tur) boshlandi

    O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

    Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

    Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

    Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    "Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

    Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    07.02.2026

    Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

    Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    06.02.2026

    “Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

    “Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    06.02.2026

    VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

    VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    03.02.2026

    U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

    U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

    Batafsil ma’lumotright arrow
    image
    calendar

    26.01.2026

    Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, 1-tur)

    26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali

    Batafsil ma’lumotright arrow