27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan siz, soha fidoyilari va ma’naviyat posbonlarini, O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!
Sizlar — axborot maydonining fidoyi va matonatli vakillarisiz. Jamiyatda ochiqlik, xabardorlik, so‘z erkinligi va yuksak ma’naviy tafakkurni qaror toptirishda tutgan o‘rningiz beqiyos. Har bir yangiligingiz — haqiqatni yorituvchi nur, har bir maqolangiz esa ijtimoiy ongni uyg‘otuvchi qudratli kuchdir.
Voleybol sporti va yurtimiz sport salohiyatini ommalashtirish yo‘lidagi hissangiz uchun sizlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Biz sizlarning doimiy hamkorligingiz, yangiliklar orqali yutuqlarimizni keng jamoatchilikka yetkazayotganingizdan behad mamnunmiz.
Bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, ijodiy parvozlar, xalq e’tirofiga sazovor yangiliklar, shuningdek, yutuqlarga boy hayot tilaymiz!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi jamoasi

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali