Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari Sh. Polvonov, Yoshlar ishlari agentligi viloyat rahbariyati, viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari, shahar va tumanlar IIO jamoat xavfsizligi rahbarlari, hokimliklarning yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosarlari, sport maktablari direktorlari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
🏐 Tadbirda musobaqalarning tashkil etilishi, yoshlarni sportga jalb qilishda erishilayotgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga, tuman bosqichini o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi. Bu musobaqalarning yanada samarali va kengroq formatda o‘tkazilishi uchun zarur choralar belgilandi.
✅ Shuningdek, tumanlarda sportga bo‘lgan qiziqishning ortganligi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda erishilgan yutuqlar alohida ta'kidlandi. Biroq, tuman bosqichlarini o‘tkazishdagi ayrim kamchiliklar ham muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni hal qilish uchun tegishli mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
💠 Keyingi rejalar doirasida, musobaqalarni yanada ko‘proq yoshlarni jalb etadigan tarzda tashkil etish, masalalari belgilandi. Asosiy maqsad — yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, jismoniy tarbiya hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirishdir.
🌟 Yig‘ilishning yakunida, musobaqalarning tashkil etilishidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va keyingi bosqichlarda erishilgan yutuqlarni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi.

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali