Bugun Toshkent shahrida Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan o‘tkazilgan CAVA WOMEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 musobaqasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida barcha ishtirokchi jamoalar, murabbiylar va hakamlar sahnaga taklif etildi. Chempionatda faol ishtirok etgan jamoalar, eng yaxshi o‘yinchilar hamda hakamlar maxsus sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandilar.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Bekmurod To‘jimirzayevich Abdullaev, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Jamshid Shukrulloyevich Fayziyev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi rektori - Ilhomjon Axmedovich Tursunaliyev, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i - Sherzod Murodullayevich Olimov, Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) vakili, VIS delegatsiyasi a’zosi - Morteza Afjeh va yana nechta faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Eron — chempionat g‘olibi bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston — kumush medal bilan taqdirlandi.
Qirg‘iziston — bronza medal sohibiga aylandi.
Chempionat nafaqat sport bellashuvi, balki do‘stlik, hamjihatlik va yangi imkoniyatlar maydoni bo‘ldi. Turnir Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlashga va yosh sportchilarning xalqaro tajriba orttirishiga xizmat qildi.
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali