Qizlarimiz Markaziy Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egalladi!
2025-yil 29-iyun – 8-iyul kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan U-16 qizlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan yosh voleybolchi qizlarimiz ajoyib o‘yinlar namoyish etib, faxrli 2-o‘rinni qo’lga kiritishdi.
Bugun qahramon sportchilarimiz yurtimizga tantanali tarzda qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ularni O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi rahbariyati, sportchilar hamda orkestr jamoasi karnay-surnay sadolari ostida iliq va ko‘tarinki ruhda kutib olishdi.
Qizlarimizning yuzida faxr, hayajon va quvonch aks etdi. Bu yutuq nafaqat ularga, balki butun voleybol jamoamizga katta ilhom va motivatsiya bo‘ldi. Yosh sportchilarimiz uchun bu chempionat muhim tajriba maktabiga aylandi.
Qizlarimizni ushbu muhim yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ularga kelgusida ham yurt sha’nini munosib himoya qilishda katta zafarlar tilaymiz!
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi matbuot xizmati
22.08.2025
Dunyo bo'ylab eng yaxshi voleybolchilar
20.08.2025
Chirchiqda U-14 Oʻzbekiston kubogi boshlandi!
19.08.2025
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda amalga oshirilayotgan yirik bunyodkorlik loyihalaridan biri – Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda barpo etilgan zamonaviy sport inshootlari bilan tanishdi.
15.08.2025
Ozarbayjonlik voleybolchi qizlar Toshkent bo‘ylab sayohat qildi