CAVA Xalqaro voleybol musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 10–16-iyun kunlari Toshkentdagi “Jar” sport majmuasida U-16 va U-19 yosh toifalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha xalqaro musobaqasi start oldi. Bu musobaqa ketma-ket uchinchi bor tashkil etilmoqda va bu yilgi bahslar nihoyatda yuqori saviyada o‘tishi kutilmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimi 10-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Ikramov Adham Ilhamovich, Voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich, tegishli tashkilotlar rahbarlari, xalqaro delegatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Marosim davomida so‘zga chiqqan rasmiylar voleybol sportining so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham, butun mintaqada ham jadal suratda rivojlanayotgani, xalqaro musobaqalarning esa yosh avlod sportchilari uchun muhim maydon bo‘layotganini alohida ta’kidlashdi.
Ishtirokchi jamoalar tantanali tarzda bayroqlar ostida yurib o‘tdilar. Bu musobaqa yosh sportchilar uchun nafaqat raqobat, balki madaniy almashinuv va xalqaro do‘stlikni mustahkamlash maydoniga aylanadi.
Tadbir doirasida bayramona konsert dasturi ham namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning mashhur san’atkorlari, folklor raqs jamoalari va yosh ijrochilar ishtirok etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Ma’lumot uchun musobaqada Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston Davlatlarining terma jamoalari ishtirok etmoqda.
O'zbekiston voleybol federatsiyasi Axborot xizmati

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali