Xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston korporativ sport assosatsiyasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish va korporativ sportni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va xususiy sektor vakillari, sport tashkilotlari rahbarlari hamda 170 mingga yaqin xodimlar band qilingan 200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ–421-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sport va jismoniy faollikni targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi va uning raisi etib Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov saylandi, ijrochi direktor etib Sh.Sattorov tayinlandi.
Uchrashuvda korporativ sportni rivojlantirish va ommalashtirish, xususan Assotsiatsiya tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkil qilib borilishi hamda Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan sport infratuzilmasi va tashkiliy-uslubiy jihatdan ko‘maklashib borilishi bildirib o‘tildi.
⏺Shuningdek, uchrashuv davomida "AKFA GROUP" asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev Assotsiatsiya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida, "International Beverages Tashkent" MCHJ XK direktorlar kengashi raisi Shuhrat Ergashevni rais o‘rinbosari sifatida saylash taklifi bildirildi va bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Turli sport turlari bo‘yicha Assotsiatsiya Boshqaruv kengashi a’zolari sifatida quyidagi yirik tadbirkorlar belgilandi:
Behzod Mamatqulov ("BMB Holding") — futbol va futzal;
Zafar Hoshimov ("Korzinka") — basketbol;
Bahodir Abdullayev ("B.A.Holding") — stol tennisi;
Murod Nazarov ("Murad Buildings") — yengil atletika.
⏺Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan korporativ sportni rivojlantirish hamda tadbirkorlar orasida sport musobaqalarini tizimli ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

08.02.2026
O'zbekiston chempionatining 2-turi bugundan start oldi. Bu tur Olimpiya shaharchasi Jamoaviy o'yinlar zali hamda Samarqand viloyati zallarida bo'lib o'tadi. Musobaqaning Samarqand shahridagi bahsla

07.02.2026
Musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar:

07.02.2026
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi

07.02.2026
Surxondaryo viloyati “Jarqórgʻon tumani IIB boshlig‘i kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

07.02.2026
Marhamat tumanida 2008–2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Marhamat tumani chempionati bo‘lib o‘tdi.

07.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi raisligida, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida joriy yilning 5-fevral kuni Beshariq tumanida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

07.02.2026
Voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston korporativ kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi!

07.02.2026
Baxmal tumani sport maktabi zalida 2010–2011-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman birinchiligi

06.02.2026
“Viloyat hokimi olimpiadasi” doirasida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasi yakunlandi.

06.02.2026
VOLEYBOL BO‘YICHA “O‘ZBEKISTON KORPORATIV KUBOGI” MUSOBAQASI BUGUN START OLDI

03.02.2026
U-19 O‘zbekiston chempionati |Namangan 2026

26.01.2026
26.01.2026 uchun o'yinlar jadvali