
07.12.2025
08.12.2025 kunlik bahslar jadvali

06.12.2025
Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro darajadagi hakamlikka nomzodlar kursi” o‘z nihoyasiga yetdi. Bir hafta davom etgan mazkur o‘quv jarayonida ishtirokchilar nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar hamda zamonaviy hakamlik talablari bo‘yicha chuqur tayyorgarlikdan o‘tishdi. Bugungi tadbir Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Fayziyev Jamshid Shukurulloyevich va federatsiya bosh kotibi Alimov Farhod ishtirokida bo'lib o'tdi.

06.12.2025
07.12.2025 BAHSLAR JADVALI

05.12.2025
Bugun “Xalqaro darajadagi hakamlikka nomzodlar kursi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘quv dasturining so‘nggi kuni doirasida tinglovchilar belgilangan tartibda yakuniy test imtihonlarini topshirishdi.

04.12.2025
Bahslar jadvali

02.12.2025
Bugun O‘zbekiston kubogi doirasida erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Quyida barcha maydonlardagi natijalar bilan tanishing.

02.12.2025
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlardan kelgan huquqni muhofaza qilish organlari, professional voleybol klublari ishtirokida tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. O‘tgan yili “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida 22 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil ishtirokchilar soni 38 ta jamoaga yetdi. Bu esa mamlakatimizda voleybol sportiga bo‘lgan katta qiziqish va jadal rivojlanishni yana bir bor tasdiqlaydi.

01.12.2025
O‘zbekiston kubogi

01.12.2025
Bugun Jar sport-sogʻlomlashtirish markazida O‘zbekiston kubogi doirasida oʻtkaziladigan erkaklar hamda U-21 qizlar o‘rtasidagi musobaqalar oldidan texnik yig‘ilish tashkil etildi.

01.12.2025
Kursning ikkinchi kuni ham davom etmoqda. Davlatlardan kelgan hakamlar kelajak uchun bilim olishmoqda.

30.11.2025
Bugun soat 10:00 da voleybol bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamlikka nomzodlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv kursining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mazmuni va tashkilotchilik darajasi bilan ishtirokchilar hamda mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ochilish davomida soʻzga chiqqan Federatsiya raisi oʻrinbosari Jamshid Fayziyev, bosh kotib Farhod Alimov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Samandar Badalov hamda Osiyo Voleybol Konfederatsiyasi (AVC) hakamlar kommiteti a’zosi Shahmiri Mohammed ishtirokchilarga boʻlgʻusi xalqaro hakamlarga omad tilashdi.